Maxfiylik
Qoralama. Matn aniqlashtiriladi.
Kirmasdan
Agar saytga kirmasangiz, biz siz haqingizda hech narsa saqlamaymiz. Kartochkalar boʻyicha natijalaringiz faqat qurilmangizdagi brauzerda saqlanadi. Saytda reklama va begona tashriflar hisoblagichlari yoʻq.
Tuslanish: «Istalgan feʼl»
«Tuslanish» sahifasida «Tuslash dasturini yuklash» tugmasi bosilsa, brauzer cdn.jsdelivr.net saytidan Pyodide dasturini va pypi.org saytidan Qutrub paketlarini yuklab oladi. Bu saytlar har qanday fayl yuklanganidagidek IP-manzilingizni koʻradi. Tugma bosilmasa, hech narsa yuklanmaydi. Kiritilgan feʼllar faqat brauzeringizda qayta ishlanadi.
Sinf oʻquvchilari
Oʻquvchi sinf kodi, oʻz kodi va PIN orqali kiradi. Bazada faqat kod, taxallus, jins (oʻqituvchi xohlasa) va oʻquv statistikasi saqlanadi: qaysi topshiriqlar bajarilgan, javoblar, mashgʻulot vaqti. Haqiqiy ismlar bazaga yozilmaydi: «kod — ism» mosligi faqat oʻqituvchida boʻladi.
Email orqali kirish
Email (kirish uchun), taxallus va oʻquv statistikasi saqlanadi.
Maʼlumotlar qayerda saqlanadi
Supabase maʼlumotlar bazasida (server Yevropa Ittifoqida, Frankfurtda).
Oʻchirish
Maʼlumotlaringizni oʻchirish uchun muallifga yozing: otabek.ikrombek@gmail.com yoki Telegram @otabek_ikrombek. Sinf oʻquvchisi oʻz oʻqituvchisiga ham murojaat qilishi mumkin.